"Inter" "Milan" tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

"Inter" "Kalyari" himoyachisi Raul Bellanovani ijaraga oladi, deya xabar beradi Calciomercato.
Manbaga ko'ra, "neradzurrilar" 22 yoshli italiyalikning ijarasi uchun 3 million evro to'laydi. Shuningdek, “Inter” futbolchini 5 million evroga sotib olish huquqiga ega bo'ladi.
Futbolchi 4 iyul, dushanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan.
2021/22 yilgi mavsumda Bellanova “Kalyari” safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali himoyachining narxini 7 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Bellanova “Milan” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
165