"Arsenal" "Atletiko" vingeri bilan hujumni kuchaytirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Toma Lemar yozda APLga o'tishi mumkin. "Arsenal" frantsiyalik vingerni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Todofichajes'ning xabariga ko'ra, futbolchi allaqachon “kanonirlar” safiga o'tishga tayyorligini ma'lum qilgan. Lemarning "matraschilar" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi va shartnomani ikki marta uzaytirish taklifini rad etdi. “Atletiko” futbolchini keyingi yili tekinga yo'qotgandan ko'ra, uni sotishi mantiqiyroq bo'lardi. Ispanlar Tomani 40 million evroga baholamoqda.
26 yoshli frantsiyalik futbolchi 2018 yilning iyulidan buyon Madridning “Atletiko” klubida o'ynaydi. O'tgan mavsumda u La Liganing 24 o'yinida 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
145