Reyna vataniga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

Darvozabon Pepe Reyna “Latsio”ni tark etmoqchi. 39 yoshli ispaniyalik Rim klubi bilan 2023 yilning iyuniga qadar tuzilgan shartnomani bekor qilishga qaror qildi.
Jurnalist Janluka Di Martsio saytida yozilishicha, Reyna o'z vataniga, Ispaniyaga qaytmoqchi. U 2020 yilda "Milan"dan "Latsio"ga o'tgandi.
Reyna o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187