So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zini oqlamagan transferlar. Millionlar quboni bo'lgan klublar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137
Quyida e'tiboringizga futbol tarixidagi eng qimmatbaho, biroq yakunda keraksizga aylangan transferlar haqida so'z yuritamiz.
Bu erda millionlab evrolar besamar sarflangan.
Zlatan Ibrahimovich
“Inter”dan “Barselona”ga 69,5 million evro evaziga o'tgan Ibrahimovich umuman olganda top-futbolchi va haqiqiy afsona, lekin uning o'zi ham "Barselona"ga o'tishi faoliyatidagi eng katta xatosi ekanligini bir necha bor tasdiqlagan. Zlatan “Kamp Nou”da qimmatli vaqtlarini yo'qotdi, kataloniyaliklar esa undan kam bo'lmagan mablag' yo'qotdi. Ibrahimovich keyinchalik "to'psiz qo'rqoq" degan nom oldi. Futbolchining "Barselona" va Gvardioladan hafsalasi pir bo'ldi.
Romelu Lukaku
“Everton”dan “Manchester Yunayted”ga (85 million evro)
Belgiyalik hujumchi "Everton"da o'ynab, Premer-ligada o'zini ko'rsatdi, ammo "Manchester Yunayted" Romelu timsolida mukammal hujumchiga erisha olmadi. Sulsher qo'l ostida uning o'yin vaqtida qisqarishlar sodir bo'ldi, futbolchi formasini yo'qotib qo'ydi va yakunda “Inter”ga o'tib ketdi.
Kepa Arrisabalaga
("Atletik"dan "Chelsi"ga 80 million evro)
Futbol tarixidagi eng qimmat darvozabon ikki mavsumini “Chelsi” safida to'liq o'tkazdi xolos. Biroq so'nggi ikki yil davomida “ko'klar”ga deyarli to'rt baravar arzonga tushgan Eduard Mendi soyasi ostida zaxirada qolib ketdi.
Kepa shu yozda "Stemford Brij"ni tark etishi mumkin va uning "Chelsi" haqidagi esda qolarli xotiralari Liga kubogining jamoasi mag'lubiyatga uchragan ikki finalida sodir bo'ldi.
Alvaro Morata ("Real"dan "Chelsi"ga 66 million evro)
Alvaro Morata - iqtidorli hujumchi, agar ruhiy muammolar bo'lmaganida, u bundanda ajoyib o'yin ko'rsatishi mumkin edi. «Chelsi» 2017 yilda Alvaroga pul tikishga qaror qilgan, biroq ispaniyalik futbolchi bunga rozi bo'lmagan. "Chelsi"da bir yarim yil ichida Morata 18 ta gol urdi, bu hujumchi uchun tikilgan 66 million evro oldida achinarli holat albatta.
Nikolya Pepe ("Lill"dan "Arsenal"ga 80 million evro)
Kot-d'Ivuarlik hujumchining Frantsiya chempionatidagi muvaffaqiyatli mavsumi “Arsenal”ni shu qadar hayratda qoldirdiki, “kanonirlar” 80 million evroni uning uchun sarflab yubordi. "Arsenal"dagi uch yillik faoliyati davomida Nikolya faqat 2020/21 yilgi mavsumdagina muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish qildi xolos. Ammo keyingi mavsumda Pepe Premer-ligada atigi bitta gol urdi.
Xames Rodriges ("Monako"dan "Real"ga 75 million evro)
Florentino Peres 2014 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi to'purariga aylangan yosh Xames bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. Bu Peresning Kolumbiyadagi biznesi uchun ham foydali edi. Rodriges uchun "Real" Anxel Di Mariyani qurbon qildi.
To'g'ri, Madriddagi birinchi mavsumida Xames vaqti-vaqti bilan tomoshabinlarni hayratga solib turdi, ammo Zidan qo'l ostida kolumbiyalik futbolchi asosiy tarkibdagi o'rnini va intizom bilan bog'liq muammolar tufayli Zizuning hurmatini yo'qotdi. Rodriges “Real”ni erkin agent sifatida tark etdi va 30 yoshida Qatar chempionatiga yo'l oldi.
Romelu Lukaku (“Inter”dan “Chelsi”ga 113 million evro)
Lukaku o'tgan yozda Londonda "tugallanmagan ishi" borligini aytib, "Chelsi"ga qaytgan edi. Biroq bir mavsum ham o'tmasdan Romelu "Inter"ga 8 million evro evaziga ijaraga qaytishga majbur bo'ldi. Buni "Chelsi" uchun haqiqiy falokat deb atash mumkin. Jamoa Lukaku uchun yuz yarim million evro sarfladi, biroq futbolchi ko'ngildagidek o'yin ko'rsatib bera olmadi.
Eden Azar ("Chelsi"dan "Real"ga 115 million evro)
Azar yoshligidan "Real"da o'ynashni orzu qilgan edi, ammo belgiyalik futbolchi faoliyatidagi asosiy muammoga aynan shu erda ro'baro bo'ldi. Juda ko'p orttirilgan jarohatlar va uch yil Madriddagi unumsiz mavsumlar. O'tgan mavsumda Eden o'zi orzu qilgan cho'qqiga chiqdi - u Chempionlar ligasida g'alaba qozondi, ammo g'alabali mavsumda u maydonda umumiy 83 daqiqa o'ynadi xolos. Shundan so'ng ham chempionlik tatigan deb o'ylaysizmi?
Azar klub va sheriklarini tushkunlikka solayotganini tushunadi, "Real"dagi uch mavsumdagi o'yinlarini munosib baholaydi va eng yaxshi formaga qaytishga va'da beradi, ammo hozircha bu faqat so'zlarda qolib ketmoqda.
Filippe Koutino (“Liverpul”dan “Barselona”ga 135 million evro)
Grizmann, Dembele va Koutinoning xaridlari orqali Joan Laporta yangi tizim tuzmoqchi bo'ldi. Biroq bu aks ta'sir ko'rsatdi. "Barselona"ning hozirgi ayanchli moliyaviy ahvolining uchta muhim sababi ham aynan shu futbolchi. "Liverpul" Koutinoni o'z vaqtida va foydali sotdi, "Barselona" to'g'ridan to'g'ri buning qurboni bo'ldi.
Filippning "Barselona"ga o'tgandan so'ng faoliyatidagi eng yorqin voqea "Bavariya" uchun kataloniyaliklarga qarshi dublga erishgani bo'ldi. O'sha uchrashuv 8:2 hisobida yakunlangan edi. Bu yozda esa Koutino nihoyat Angliyaga qaytdi: “Aston Villa” uning uchun 20 million evro to'lagan.