"Tottenxem" va Langle to'liq kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

“Tottenxem” klubi “Barselona” himoyachisi Kleman Langle bilan shartnoma shartlari bo'yicha to'liq kelishuvga erishdi, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli futbolchi "shporlar"ga o'tganidan xursand. "Tottenxem" va "Barselona" hozirda ijara shartnomasi tafsilotlarini muhokama qilishmoqda.
2021/22 yilgi mavsumda Langle Kataloniya klubi safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt himoyachini 14 million evroga baholamoqda. Frantsiyalik futbolchining “Barselona” bilan shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186