Onana: "Eto’O meni "Inter"da kutgan edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

"Inter"ga yangi kelgan Andre Onana o'z hamyurti va klubning sobiq hujumchisi Samuel Eto’O transferni faol qo'llab-quvvatlaganini tan oldi.
26 yoshli darvozabon erkin agent sifatida Amsterdamning “Ayaks” klubidan ko'chib o'tdi va “neradzurri” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
"Men Samuel Eto’O bilan yaxshi munosabatdaman. U har doim "Inter" haqida juda ijobiy gapirardi va jamoa o'yiniga to'liq mos tushishimni aytdi. Taklifni olgach, o'tishga shubham qolmadi. Bu sodir bo'lganidan juda xursandman", - deydi kamerunlik darvozabon.
Andre Onana “Ayaks”da etti yil o'ynadi. Amsterdam jamoasi tarkibida u 212 uchrashuv o'tkazib, 192 ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205