"Latsio" braziliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Rimning “Latsio” klubi matbuot xizmati rasmiy saytida Donetskning “Shaxtyor” klubining braziliyalik yarim himoyachisi Markos Antonio transferi haqida xabar berdi.
Transfer summasi 7,5 million evroni tashkil qildi. Futbolchi italyan klubi bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
22 yoshli Antonio 2019 yildan buyon “Shaxtyor” safida to'p tepayotgan edi. Umuman olganda, u klub uchun barcha musobaqalarda 101 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208