Italiya va Ispaniya nazorat bahsida ishtirok etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Bugun, 1-iyul kuni Italiya va Ispaniya ayollar terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv “Teofilo Patini” stadionida bo'lib o'tdi va 1:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi bo'lim boshida Italiya terma jamoasi hujumchisi Valentina Bergamaski hisobni ochdi. Uchrashuvning 67-daqiqasida Aleksiya Putelyas javob golini kiritdi. Aleksiya uchun bu o'yin Ispaniya terma jamoasidagi 100-bahs bo'ldi.
Har ikki jamoa 6 iyul kuni Angliyada boshlanadigan 2022 yilgi Evropa chempionatiga tayyorgarlikni yakunladi.
Guruh bosqichining birinchi turida Italiya terma jamoasi Frantsiya termasi bilan, ispanlar esa Finlyandiya bilan to'qnash keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
147