Alfonso Devisdan Kristian Pulishichgacha. Shimoliya Amerikaning ayni vaqtdagi eng qimmat 10 futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Transfermarkt portali Shimoliy Amerikaning ayni vaqtdagi eng qimmat o'yinchilari reytingini e'lon qildi.
Unga ko'ra, «Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis birinchi o'rinni egalladi. Kanadalik futbolchining transfer narxi 70 million evroga teng.
45 million evro bilan ikkinchi o'rinni «Lill» hujumchisi Jonatan Devid egalladi. Kuchli uchlikni «Chelsi» vakili Kristian Pulishich 42 million evro bilan yakunlab bergan.
«Borussiya D» yarim himoyachisi Jovanni Reyna (35 million) va «Napoli» vingeri Irvin Lozano (30 million) keyingi o'rinlarni band etgan.
Shimoliy Amerikaning eng qimmat o'n futbolchisi:
1. Alfonso Devis («Bavariya», Kanada) — 70 million evro;
2. Jonatan Devid («Lill», Kanada) — 45 million;
3. Kristian Pulishich («Chelsi», AQSh) — 42 million;
4. Jovanni Reyna («Borussiya D», AQSh) — 35 million;
5. Irvin Lozano («Napoli», Meksika) — 30 million;
6. Brenden Eronson («Red Bull», AQSh) — 25 million;
7. Ueston Makkeni («Yuventus», AQSh) — 25 million;
8. Leon Beyli («Aston Villa», Yamayka) — 25 million;
9. Edson Alvares («Ayaks», Meksika) — 22 million;
10. Serjino Dest («Barselona», AQSh) — 18 million.

Bosh sahifaga
185