Ukrainalik darvozaboni "Real"da qolishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Andrey Lunin yana bir mavsum "Real"da qolishga qaror qildi. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda.
Bungacha ukrainalik darvozabon ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun yana ijaraga ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. "Real" u bilan butunlay xayrlashmoqchi emas, ammo Tibo Kurtuaning ishonchli o'yini tufayli undan to'liq foydalana olmayapti. Natijada, Luninning statistikasi juda yomon.
Jumladan, o'tgan mavsumda Ukraina terma jamoasi darvozaboni 4 uchrashuvda jami 390 daqiqa maydonda o'tkazib, o'z darvozasidan 4 ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191