Risharlison "Everton" muxlislari bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Bugun "Tottenxem" bilan shartnoma imzolagan "Everton"ning sobiq hujumchisi Risharlison sobiq jamoasi va muxlislari bilan xayrlashdi.
"Mening uyimga aylangan maskan, menga mehr bilan munosabatda bo'lgan muxlislar va klub bilan xayrlashish juda qiyin. Mening barcha sevgim sizga rahmat aytish uchun etarli emas. Sizlarni sevaman!" — deb yozdi braziliyalik futbolchi o'zining ijtimoiy tarmoqlarida.
Risharlison "Everton"da 2018 yildan beri o'ynab kelmoqda. Umuman olganda, hujumchi "Everton" safida 152 ta o'yin o'tkazib, 53 ta gol urgan va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Avvalroq braziliyalikning transferi London klubiga 50 million evroga tushgani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199