Italiya Superkubogi qachon va qaerda o'tkazilishi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

Italiya A Seriyasi yakunda Italiya Superkubogi uchun o'yin o'tkaziladigan joy va sanani tasdiqladi
Kubok uchun kurashda Milanning ikki jamoasi - "Milan" va "Inter" kuch sinashadi. O'yin 18 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi. O'yinning aniq boshlanish vaqti keyinroq e'lon qilinadi.
“Inter” o'tgan mavsumda Turinda “Yuventus”ni mag'lub etib, Superkubokni qo'lga kiritdi.
Superkubok uchun bahsda “Milan” Italiya chempioni, “Inter” esa mamlakat kubogi sohibi sifatida ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184