Kutilmaganda "Marsel" klubi bosh murabbiysiz qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89

Xorxe Sampaoli endi Frantsiyaning “Marsel” klubi bosh murabbiyi emas. Jurnalist Muhammad Buxafsining xabar berishicha, argentinalik mutaxassis "Marsel" klubi bosh murabbiyligidan ketgan. Keyinchalik bu ma'lumotni Fabritsio Romano ham tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, 62 yoshli Sampaoli o'tgan yozda "Marsel"ni boshqargan edi. Argentinalik murabbiy o'zining birinchi mavsumidayoq klubga Frantsiya chempionatini ikkinchi o'rinda yakunlashiga va Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishiga yordam berdi.
Sampaolining "Marsel"dan ketishining sabablari hozircha noma'lum. "Marsel" klubi rahbariyati yangi murabbiy izlay boshlashdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184