Botman: "Van Deykning o'yinlari meni hayratga soladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83

"Nyukasl"ning yangi futbolchisi Sven Botman yaqinda Angliya Premer-ligasida 9-mavsumini boshlaydigan hamyurti Virjil van Deykning o'yini haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Men van Deykga, ayniqsa, uning tanasini boshqarishiga qoyil qolaman. Lekin juda tez. Men uning qanday harakat qilishini va Serxio Aguero kabi kichik hujumchilarga qarshi qanday o'ynashini kuzatishni yaxshi ko'raman", - dedi Botman The Athletic bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Botman "Nyukasl"ga 36 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi. Futbolchi Niderlandiya terma jamoasi safida hali birorta ham o'yin o'tkazmagan. Avvalroq uning xizmatlariga Italiyaning "Milan" klubi faol qiziqish bildirayotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169