Vlaxovich yangi mavsumda boshqa raqamda to'p suradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Dushan Vlaxovich yangi mavsumda boshqa raqamda maydonga tushadi.
Qishqi transfer bozorida "keksa sinora" safiga qo'shilgan hujumchi ettinchi raqamni olgandi. Endi u yangi mavsumda to'qqizinchi raqamda to'p suradi. Bu haqda “Yuventus” rasmiy saytida ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" tarkibida to'qqizinchi raqamda Alvaro Morata to'p surgandi.
Vlaxovich o'tgan mavsumda “Yuventus” safida A seriyaning 15 ta o'yinida 7 ta gol urdi. Mavsumning birinchi yarmida serbiyalik hujumchi “Fiorentina” safida 21 ta o'yinda 17 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199