Jota "Seltik" futbolchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

23 yoshli portugaliyalik vinger Jota "Benfika"dan Shotlandiyaning "Seltik" klubiga o'tdi. Sky Sports xabariga ko'ra, shartnoma to'rt yilga tuzilgan.
Futbolchi o'tgan mavsumni Portugaliya klubidan ijara asosida Glazgo jamoasida o'tkazgan.
Jota "Benfika" akademiyasining bitiruvchisi. 2020/2021 yilgi mavsumda u ijara asosida "Valyadolid"da o'ynagan.
Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 27 ta gol urgan.
Shotlandiya klubi ijara shartnomasida ko'rsatilgan Jotani sotib olish imkoniyatidan unumli foydalandi. "Seltik" vinger uchun 7,4 mln evro to'laydi.
Jota Portugaliyaning turli yoshdagi yoshlar terma jamoalarida o'ynagan.
Kelasi mavsumda “Seltik” Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
147