A Seriya klubi "Barselona" yarim himoyachisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Barselona" yarim himoyachisi Riki Puch joriy transfer oynasida jamoasini tark etishga yaqin turibdi. Bosh murabbiy Xavi Ernandes 22 yoshli futbolchi bilan keyingi hamkorlikdan manfaatdor emasligini aytdi.
Todofichajes'ning fikricha, Puchda faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirish imkoniyati bor. Ispaniyalik yarim himoyachi xizmatlariga "Latsio" qiziqmoqda. "Burgutlar" Puchning ijarasini kelasi mavsum oxirigacha ko'rib chiqishga tayyor.
Riki "Barselona" akademiyasini tamomlagan. Ispaniya chempionatining so'nggi mavsumida yarim himoyachi 15ta o'yinda qatnashib, o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206