Italiyalik himoyachi uchun London klublari kurash olib boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89

90min xabariga ko'ra, Londonning uchta klubi "Torino" himoyachisi Gleyson Bremerga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, gap "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem" haqida ketmoqda. Poytaxtning kuchli klublari futbolchini qo'lga kiritish uchun kurashishga tayyor.
Bremerga ingliz klublaridan tashqari “Inter” ham faol qiziqish bildirmoqda.
Futbolchi 2018 yildan buyon "Torino"da o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda 25 yoshli braziliyalik A seriyada 33 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211