"Manchester Yunayted" futbolchisi Braziliyada qolmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Andreas Pereyraning "Flamengo" bilan imzolagan bir yillik ijara muddati tugadi. U Angliyaga qaytishi kerak va "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisiga "Fulxem" va "Kristal Pelas" klublari qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Har ikki klub 11 million funt to'lashga tayyor.
Biroq, braziliyalik futbolchi "Flamengo"da qolishni ma'qul ko'rishini aytdi.
Pereyra o'zining kelajagi haqida so'ralganda shunday dedi: "Men qaror qabul qiladigan odam emasman - buni "Manchester Yunayted" hal qiladi. "Flamengo"da qolishni istardim, lekin bu mening qo'limda emas".
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205