Oston O'runov Moskvaning boshqa jamoasiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79

Huquqiy jihatdan Moskvaning “Spartak” jamoasiga tegishli bo'lgan hamyurtimiz Oston O'runov faoliyatini poytaxtning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin.
“Sport-Ekspress” nashri xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchining xizmatlariga Moskvaning “Torpedo” jamoasi qiziqish bildirmoqda. "Oq-qoralar" O'runovni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, bungacha O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Moskva yaqinidagi “Ximki” jamoasiga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida matbuotda xabarlar tarqalgan edi.
O'tgan mavsumda Oston O'runov “Ufa” safida to'p surgan. Rossiya chempionatining 17 uchrashuvida maydonga tushdi va to'rtta sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217