"Chelsi" Verner o'rniga "Yuventus"ga Pulishichni taklif qilishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

Londonning "Chelsi" klubi himoya chizig'ini mustahkamlash va "Yuventus" klubi markaziy himoyachisi Matteys de Ligt bilan shartnoma imzolash borasidagi urinishlarini qoldirmayapti, deb xabar beradi Correira Dello Sport.
Ingliz klubi avvalroq niderlandiyalik himoyachi evaziga italiyaliklarga 45 million evro va Timo Vernerni taklif qilgandi, ammo “keksa sinora” bu taklifni rad etdi.
Manbaga ko'ra, "Chelsi" vakillari endi "Yuventus"ga qiziqish va De Ligtni qo'lga kiritish uchun Verner o'rniga yarim himoyachi Kristian Pulishichni shartnomaga qo'shishga tayyor.
Pulishichning “Chelsi” bilan shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga etadi. Transfermarkt portali uning narxini 42 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232