"Nyukasl" hujumchisi - Neymar haqida: "Jamoamizda uni 10-raqamli libos kutmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

"Nyukasl"ning braziliyalik hujumchisi Joelinton "PSJ" hujumchisi Neymarning Angliya jamoasiga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Joelinton Goal.com portaliga bergan intervyusida, agar hujumchi "Nyukasl"ga o'tsa, bu aql bovar qilmaydigan ish bo'lishini aytdi. Braziliyalik futbolchi Neymar o'z tajribasi va hurmati bilan umuman har qanday jamoada o'ynay olishini qayd etdi.
"Agar bu transfer amalga oshidigan bo'lsa, u holda 10-raqamli libos Neymarni kutmoqda", - deya qo'shimcha qildi Joelinton.
Eslatib o'tamiz, "PSJ" rahbariyati 30 yoshli braziliyalikni sotishga tayyor, uning xizmatiga nafaqat "Nyukasl", balki "Chelsi" va "Milan" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222