So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Shota Arveladze: «Masharipovga qarshi alohida o'yinchi qo'yishmoqda, ammo u qanday o'ynashni yaxshi biladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 615
“Sug'diyona” – “Paxtakor” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
Kutganimdek, o'yin qiyin kechdi. Lekin bahsni biz yaxshi nazorat qildik. Raqibga deyarli imkoniyatlar bermadik. Ikkinchi bo'limda ularda birgina vaziyat yuzaga keldi. Biz esa ko'plab imkoniyatlarni sodir etdik.
Ikkinchi bo'limda biz zarur gollarni urishga erishdik. Bizga qarshi yaxshi o'ynashmoqda, osonlikcha g'alabaga erishmayapmiz. Barcha etakchilar bilan o'zini namoyish qilishga intiladi.
Bizning taqvim juda tig'iz, raqiblarda dam olishga ko'proq vaqt bo'lmoqda. Uchishlar, safarlarning ta'siri bo'ladi, albatta. Lekin futbolchilar baribir yaxshi o'ynashdi. Ikki bor to'sin va ustunni nishonga oldik.
Masharipovga qarshi alohida o'yinchi qo'yishmoqda, ammo u qanday o'ynashni yaxshi biladi.