"Barselona" translyatsiya huquqining ma'lum foizini juda katta summaga sotdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

"Barselona" rahbariyati Ispaniya La Ligasi o'yinlarini translyatsiya qilish bo'yicha televidenie huquqining 10 foizini Sixth Street Partners global investitsiya kompaniyasiga sotish bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
“Bugun “Barselona” klubi sport biznesida katta tajribaga ega etakchi global investitsiya kompaniyasi Sixth Street'dan yangi sarmoya kiritib, klubning moliyaviy resurslari va raqobatbardoshligini oshirish borasidagi muhim qadamni e'lon qildi.
Ushbu kelishuvga ko'ra, "Barselona" joriy mavsum uchun umumiy kapital daromadi 267 million evroni tashkil etadi. Sixth Street dastlab 207,5 million evro sarmoya kiritadi va buning evaziga keyingi 25 yil davomida klubning La Liga TV huquqlarining 10 foizini oladi.

Bosh sahifaga
248