"PSJ" Kimpembe bilan qanchaga xayrlashishga tayyorligini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

"PSJ" himoyachisi Presnel Kimpembe yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Jurnalist Santi Aunning yozishicha, parijliklarning yangi sport direktori Luis Kampos futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
Parij klubi Frantsiya terma jamoasi futbolchisi uchun kamida 50 million evro olmoqchi. Muzokaralar hali boshlanmagan.
Avvalroq, "Yuventus" 26 yoshli frantsiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani, uni Matteys de Ligtga o'rinbosar sifatida ko'rayotgani xabar qilingandi.
O'tgan mavsumda Kimpembe barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248