Dunyoning eng kuchli o'n nafar ayol futbolchilari reytingi tuzildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 296

Nufuzli Marca sport gazetasi Evropaning 2021/2022 yilgi mavsumining eng yaxshi o'n nafar ayol futbolchisi ro'yxatini tuzib chiqdi.
“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan Alektsiya Putelyas o'tgan mavsumda qit'aning eng kuchli 10 nafar futbolchisi reytingida birinchi o'rinni egalladi. E'tiborlisi, Putelyas ayollar o'rtasidagi “Oltin to'p”ning amaldagi sohibi hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda “Chelsi”ning avstraliyalik futbolchisi Sem Kerr. Kuchli uchlikni “Lion” va o'z klubi bilan UEFA ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasida g'olib chiqqan fransiyalik Amandin Anri yakunladi.
Evropaning 2021/2022 yilgi mavsumining eng yaxshi 10 nafar ayol futbolchisi:
Alektsiya Putelyas (Ispaniya, Barselona)
Sem Kerr (Avstraliya, Chelsi)
Amandin Genri (Frantsiya, Lion)
Tabea Vasmut (Germaniya, Volftsburg).
Salma Basha (Frantsiya, Lion)
Mari Antuanetta Katoto (Frantsiya, Parij Sen-Jermen).
Vivian Midema (Gollandiya, Arsenal)
Ona Batle (Ispaniya, Manchester Yunayted)
Aitana Bonmati (Ispaniya, Barselona).
Kristian Endler (Chili, Lion)

Bosh sahifaga
238