Iqtidorli hujumchi Bundesliga klubi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Shveytsariyaning “Yang Boyz” klubi hujumchisi Teozon-Jordan Sibacho Germaniyaning “Union” klubiga o'tdi. Bu haqda Berlin klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Transfermarkt statistik portaliga ko'ra, "Union" 26 yoshli amerikalik futbolchi uchun 6 million evro to'lagan.
Sibacho 2021 yilning iyulidan buyon “Yang Boyz” safida harakat qilmoqda. Amerikalik futbolchining Shveytsariya klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar tuzilgandi.
2021/2022 yilgi mavsum oxirida Sibacho barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Amerikalik 2021/2022 yilgi mavsumda Shveytsariya chempionatining eng yaxshi to'purari bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233