"Yuventus" va "Liverpul" almashuv amalga oshirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Turinning "Yuventus" klubi "Liverpul" hujumchisi Roberto Firminoga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Calciomercato.
Manbaning xabariga ko'ra, Italiya klubi futbolchi uchun ma'lum miqdorda pul to'lashga, shuningdek, frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Raboni berishga tayyor.
30 yoshli Firmino o'tgan mavsumda "Liverpul" safida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. 27 yoshli Rabo “Yuventus” safida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234