Skamakka uchun taklif oshirildi, ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89

"PSJ" "Sassuolo" hujumchisi Janluka Skamakkini qo'lga kiritish borasidagi urinishlaridan voz kechmayapti, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio sayti.
Manbaning xabariga ko'ra, frantsuz klubi taklifni bonuslar bilan birga 40 million evrogacha oshirgan. Oldingi taklif 35 million edi, ammo italiyaliklar buni rad etishdi, chunki ular kamida 50 million talab qilishadi.
23 yoshli Skamakka o'tgan mavsumda "Sassuolo" safida barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238