Kimpembe Turinga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

"PSJ" himoyachisi Presnel Kimpembe Parij klubini tark etadi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio sayti.
Manbaga ko'ra, agar himoyachi Matteys de Ligt jamoani tark etsa, 26 yoshli frantsiyalik futbolchi "Yuventus" bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Oldinroq 22 yoshli niderlandiyalik futbolchiga "Chelsi" qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Kimpembe o'tgan mavsumda "PSJ" safida barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253