Ro'ziqul Berdiev «Nasaf» nima uchun so'nggi bahslarda durang o'ynayotganini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev Superliganing 13-turi doirasida bo'lib o'tgan «Olimpik» klubiga qarshi o'yin (2:2) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Og'ir o'yin bo'ldi. Buni o'zimiz ham kutgan edik. «Olimpik» to'pni nazorat qilishini, keskinroq harakat qilishini, yosh o'yinchilar ko'proq yugurishini futbolchilarimiz bilishardi. Biz nafaqat himoyada, balki hujumda ham samaraliroq o'ynashimiz kerakligini shogirdlarimga uqtirgandim. Ammo bunday bo'lmadi.
Tarkibimiz uzun emasligi tufayli o'yinlarda rotatsiyalarni amalga oshira olmayapmiz. Shuning uchun so'nggi o'yinlarda durang o'ynayapmiz. Har bir bahsni qiyin o'tkazyapmiz. Bugun hujumchimiz Husayn Norchaevning yo'qligi ham bilindi.
Barcha o'yinlar qiyin bo'lyapti. Farg'onadagi o'yinda ham ochko yo'qotdik, ammo o'shanda ahvolimiz bundan ham og'ir edi. Yigitlarda g'alaba uchun ishtiyoq bor, ammo bunga kuch etmayapti", — dedi Ro'ziqul Berdiev.

Bosh sahifaga
306