"Manchester Siti" niderlandiyalik futbolchisini qo'yib yuborishga tayyor, faqat...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

Manchester Evening News xabariga ko'ra, "Manchester Siti" himoyachi Natan Ake bilan xayrlashishga tayyor, agar uning o'rniga futbolchi topilsa.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli niderlandiyalik futbolchiga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda, biroq "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola himoyachiga munosib o'rinbosar topmaguncha, kelishuv amalga oshmaydi.
Ake o'tgan mavsumda "Manchester Siti" safida barcha turnirlarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
306