OFK kubogi. «So'g'diyona»ning keyingi bosqichdagi raqibi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82

«So'g'diyona» klubi OFK kubogining guruh bosqichida yuz foizlik natija qayd etib, keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endi jizzaxliklar Markaziy Osiyo mintaqasi finalida ishtirok etishadi.
"F" guruhida 4 ochko to'plagan Tojikistonning "Xo'jand" klubi Ulug'bek Baqoev jamoasiga raqiblik qiladi. Ushbu bosqich bitta o'yindan iborat bo'ladi va u 16 yoki 17 avgust kuni o'tkaziladi. Mezbon jamoa nomi qur'a yordamida aniqlanadi.
Ushbu o'yin g'olibi 100 ming AQSh dollari miqdorida mukofot puliga ega bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
315