Sanshesh yangi klubi bazasiga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh "PSJ" bilan muzokara o'tkazish uchun Parijga etib keldi, deb xabar beradi Foot Mercato.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli Sanshesh klub bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Portugaliyalik yarim himoyachi shartnoma bo'yicha muzokaralarni yakunlash uchun «PSJ» rahbariyati bilan shaxsan uchrashishni rejalashtirmoqda.
Biroq Parij klubi futbolchining transfer narxi borasida “Lill” bilan haligacha kelisha olmadi.
Sanshesh o'tgan mavsumda “Lill” safida barcha turnirlarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
419