"PSJ" yangi futbolchi transferini e'lon qilishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

"Portu" yarim himoyachisi Vitinya "PSJ"ga o'tishga yaqin turibdi.
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, yarim himoyachi Parijda va bugun u tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi.
Oldinroq ushbu transfer summasi 40 million evroni tashkil etishi, shartnoma 2027 yilgacha mo'ljallangani xabar qilingandi.
22 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "Portu" safida barcha turnirlar doirasida 47 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
398