"Milan" Neymar bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

UOL xabariga ko'ra, "Milan" "PSJ" hujumchisi Neymarga qiziqish bildirmoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, klub 30 yoshli braziliyalikning transferi jahon futboliga "rossonerilar" yuqori darajaga qaytganidan xabar bo'ladi, deb hisoblamoqda.
Qayd etilishicha, Italiya klubi hujumchiga butun maoshini to'lash imkoniyatiga ega emas va ular transferni amalga oshirish uchun "PSJ"dan yordam berishlarini kutishmoqda.
Milanliklar Neymarga yiliga 15-20 million evro to'lay olishiga ishonmoqda va qolgan mablag'ni Frantsiya klubi o'z qo'liga olishini kutmoqda.
Neymar o'tgan mavsumda "PSJ" safida barcha turnirlarda 28 o'yinda 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
146