"PSJ" va Pochettino nihoyat kelishuvga erishishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

"PSJ" bosh murabbiy Maurisio Pochettino jamoa bilan shartnomani bekor qilishga rozi bo'ldi, deb xabar beradi RMC Sport.
Manbaga ko'ra, Parij klubi 50 yoshli argentinalik va uning xodimlari bilan hamkorlikni to'xtatish bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan.
Ta'kidlanishicha, tomonlar shartnomani bekor qilishni rasmiylashtirish uchun faqat hujjatlarni imzolashlari kerak.
Avvalroq, murabbiy klubdan 15 million tovon va yillik maoshdan tashqari ikki million evro bonus olmoqchi ekani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
139