Premer-ligadagi yirik transferlar qanchalik o'zini oqlagan?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142
35
Angliya chempionati dunyoning eng qiziqarli ligasi hisoblanadi. Shu sababdan bu chempionatda yirik transferlar amalga oshirilishi tabiiy holat. Keling, liga tarixidagi o'ziga xos transferlarni ko'rib chiqamiz.
“Manchester Siti”: Jek Grilish
![]()
Grilish 2021/2022 yilgi mavsum oldidan "shaharliklar" safiga qo'shildi: "Aston Villa" transferdan 117,5 million evro ishlab oldi. Bu transfer Premer-liga tarixidagi eng qimmat transfer sanaladi.
"Liverpul": Virjil van Deyk

Van Deyk 2017/2018 yilgi mavsum boshlanishidan oldin "Sautgempton"dan "Liverpul"ga
o'tgan edi. Transfer summasi 84 million evro va bu o'zini to'liq oqladi.
"Chelsi": Romelu Lukaku

Aynan "Inter"dan Lukakuni sotib olishga "Chelsi" eng ko'p pul sarflagan. 2021/2022 yilgi mavsum oldidan londonliklar belgiyalik hujumchi uchun 113 million evro ajratishdi va bir mavsumdan so'ng Lukaku Milanga ijaraga berildi. Ko'rinib turibdiki, bu xarid o'zini hech qanaqasiga oqlagani yo'q.
"Arsenal": Nikolas Pepe
"Arsenal"ning eng yirik transferi "Lill"dan Pepe uchun 80 mln evro bo'lgan. Hujumchi 2019/2020 mavsum oldidan jamoaga kelib qo'shilgandi.
"Manchester Yunayted": Pol Pogba

"Manchester Yunayted" 2016/2017 yilgi mavsum oldidan Pogbani "Yuventus"dan qaytarish uchun 105 million evro sarfladi. Shartnoma muddati tugagach, Pol klubni tark etib, “Yuventus”ga qaytdi.
"Tottenxem": Tanguy N'Dombele

2019/2020 yilgi mavsum oldidan "Lion"dan Tanguy N'Dombele "Tottenxem"ga o'tdi. Transfer summasi 60 million evroni tashkil qildi.
"Vest Xem": Sebasten Aller

"Vest Xem" 2019/2020 yilgi mavsum oldidan Aller uchun 50 million evro to'lagan. Futbolchi "Ayntraxt"dan Angliyaga ko'chib o'tdi, ikki mavsumni jamoada o'tkazdi va "Ayaks"ga sotib yuborildi.
“Everton”: Gilfi Sigurdsson

49,40 million evro evaziga Sigurdsson 2017/2018 yilgi mavsum oldidan "Suonsi"dan "Everton"ga o'tgan edi. Hozir futbolchi tergov ostida va sud jarayonini kutmoqda: u klubning 2021/2022 yilgi mavsum uchun qaydnomasiga kiritilmagandi ham.
“Nyukasl”: Joelinton

Joelinton "Xoffenxaym"dan Premer-ligaga o'tdi, "Nyukasl" 2019/2020 yilgi mavsum oldidan futbolchi uchun 44 million evro to'lagan. Bu summa o'sha vaqtdagi “Nyukasl” uchun katta pul hisoblanardi.
“Lester”: Yuri Tilemans

Tilemans 2019/2020 yilgi mavsum oldidan “Monako”dan “Lester”ga 45 million evro evaziga ko'chib o'tdi va bu mavsumdan keyin top klublar nazariga tushdi. Yuriga xatto “Real”dan ham qiziqish bo'lgani haiqda xabarlar tarqaldi.

Bosh sahifaga
153