«Milan» «Puma» bilan kelishuvni uzaytirdi va rekord miqdordagi pulga ega bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

Italiya chempioni «Milan» "Puma" kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda «rossoneri» matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Yangi shartnoma 2028 yilga qadar tuzildi. «Milan» mazkur hamkorlik orqali har yili 30 million evrodan ortiq pulga ega bo'ladi. Bu esa klub tarixida texnik hamkor bilan tuzilgan eng qimmat shartnoma hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, "Puma" 2018 yildan buyon «Milan»ni sport kiyimlari bilan ta'minlab keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159