Andrey Fyodorov: «Lokomotiv»ning barcha ishqibozlarini g'alaba bilan tabriklayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 572

“Lokomotiv” – “Qizilqum” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- “Lokomotiv”ning barcha ishqibozlarini qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklayman. Kutganimizdek, o'yin ancha murakkab kechdi. Yigitlar bugun xarakter namoyish eta olishdi. Ayniqsa, birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkaza oldik. Ikkinchi bo'limda esa u qadar tezkor harakatlarni amalga oshirmagan bo'lsak-da, umuman olganda o'yin asosan bizning nazoratimiz ostida o'tdi va yakunda haqli tarzda g'alaba qozondik, - dedi mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270