Sarri norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79

"Latsio" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlaridan noroziligini bildirdi.
"Ta'tildan keyin butun jamoa tayyor bo'lishini istardim, ammo zamonaviy futbolda buning iloji yo'q. Bir yili Millatlar ligasini, keyingi yili Evropa chempionatini, keyin jahon chempionatini o'tkazasiz. Shunday qilib, biz ta'tildan 10 nafar asosiy jamoa o'yinchisi va 10 nafar akademiya o'yinchisi bilan chiqamiz. Qolganlarning hammasi keyinroq qo'shiladi.
Transfer bozoridagi ishlarimiz yuzasidan klubga nima deyishim kerakligini allaqachon aytgandim. Endi bu sport direktori va prezidentning muammosi", - deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191