"Tottenxem" futbolchisini "Atletiko"ga sotishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"Tottenxem" klubi qanot himoyachisi Emerson Royalni "Atletiko"ga sotishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Sky Sports. London klubi futbolchi bilan xayrlashishga shoshilmayapti.
Manbaning xabariga ko'ra, madridliklar 23 yoshli futbolchining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Atletiko" braziliyalikni bir mavsumga ijaraga olmoqchi edi, ammo "shporlar" Madridga rad javobini berishdi.
Emerson o'tgan yilning avgust oyidan beri "Tottenxem"da to'p tepmoqda. Londonliklar uni “Barselona”dan 25 million evroga sotib olishdi. Braziliyalik futbolchining shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
165