Anchelotti Yovichning transferiga qarshi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Luka Yovichning "Fiorentina"ga ketishiga qarshi, deb xabar beradi Radio Bruno. Italiyaliklar yaqin orada futbolchini ijaraga olmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, mutaxassis futbolchini jamoada olib qolmoqchi. Anchelotti Yovich Italiya klubiga o'tish haqidagi fikrini o'zgartirishi uchun hamma narsaga tayyor.
29 iyun kuni Luka kelasi hafta Florentsiyada tibbiy ko'rikdan o'tishi va shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi.
Hujumchi o'tgan mavsumda "Real" safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
153