"PSJ" "Portu" bilan ushbu transfer borasida kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

"PSJ" "Portu" bilan 22 yoshli yarim himoyachi Vitinoning transferi borasida kelishuvga erishdi.
Bu transfer parijliklarga 40 million evroga tushishi haqida avvalroq xabar berilgandi. Chorshanba kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda klublar kelishuvning barcha tafsilotlari bo'yicha to'liq kelishib oldi, deb xabar beradi O Jogo. Yaqin orada Vitino tibbiy ko'rikdan o'tish va Frantsiyaning amaldagi chempioni bilan 5 yillik shartnoma imzolash uchun Parijga keladi.
O'tgan mavsumda Vitino "Portu" safida 47 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Portugaliya terma jamoasi tarkibida yarim himoyachi 3ta o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
165