Lukakuning matbuot kotibi futbolchining "Inter"ga qaytishi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66

Romelu Lukakuning matbuot kotibi Sebastyan Ledur futbolchining "Inter"ga qaytishi haqida fikr bildirdi. Milan klubi hujumchini "Chelsi"dan ijaraga oldi.
“Biz bilmaymiz. Bir yildan keyin nima bo'lishi haqida hech kim gapira olmaydi. Keling, bu mavsumdan zavqlanaylik, bu kambekdan zavqlanaylik, keyin ko'ramiz. Asosiysi, u qaytib keldi va juda baxtli. Bu hozir eng muhimi, - dedi advokat Ledur Sky Sports nashriga.
Lukaku 2019 yildan 2021 yilgacha “Inter” safida to'p tepgan. U o'tgan yozda "Chelsi"ga 115 million evroga sotilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169