«Bunyodkor» Nikolay Shirshovning onasiga esdalik sovg'a va moddiy yordamni topshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75

Ma'lumki, kecha bo'lib o'tgan "Paxtakor" va "Bunyodkor" o'rtasidagi Toshkent derbisi o'zbek futbolida yorqin iz qoldirgan yulduzlardan biri Nikolay Shirshovning xotirasiga bag'ishlandi. Aniqrog'i, muxlislar tashrifidan tushgan mablag' to'liq Nikolay Shirshovning oilasiga topshiriladi.
Ushbu xayriya aktsiyasiga hamohang tarzda “Bunyodkor”ning barcha a'zolari o'yinoldi chigalyozdi mashqlariga 22-raqamli liboslarda chiqishdi. Shuningdek, birinchi bo'limdan so'ng “Bunyodkor” futbol klubi direktori Ulug'bek Mirzaev Nikolay Shirshovning onasi Galina Shirshovaga maxsus libosni taqdim etdi va jamoa tomonidan ajratilgan moddiy yordamni topshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
163