"Manchester Yunayted" "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemansga e'tiborini qaratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

"Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag klub yarim himoya chizig'ini kuchaytirish kerak deb hisoblaydi. U bu maqsadda sotib olinishi kerak bo'lgan futbolchilar ro'yxatini tuzib chiqdi.
25 yoshli belgiyalik futbolchi ushbu ro'yxatga kiritilgan, deb yozadi Daily Mail The Telegraph nashriga tayanib.
Yarim himoyachining "Lester" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Avvalroq futbolchiga "Arsenal" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O'tgan mavsumda Premer-liganing 32 o'yinida Tilemans 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213