Viktor Karpenko: “Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman!”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

Superliganing 13-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Bunyodkor” (2:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Viktor Karpenko o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman! Chunki “Bunyodkor” ular uchun o'ynaydi. Yigitlar oxirigacha kurashishdi va xaqli g'alabaga erishishdi. Ikki xil taym guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limdan farqli ravishda ikkinchisida ko'p vaziyatlar yuzaga keltirdik. O'ylaymanki, o'yin muxlislarga manzur keldi.
“Paxtakor” bilan o'yinlarga ortiqcha motivatsiya shart emas. Bu jamoa yurtimiz bayroqdori. O'zbekistonning ko'p karra chempioni. Yigitlarning o'zi barchasini his qilib turgandi. Dilshod Jo'raev kasal bo'lib qolgani sababli ro'yxatdan kiritilmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198