"Jenoa" himoyachisi rasman MLSga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75

"Toronto" matbuot xizmati rasmiy saytida "Jenoa" himoyachisi Domeniko Krishitoning transferini e'lon qildi.
Futbolchi Kanada klubi safiga tekinga borib qo'shilgan. Tomonlar 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.
35 yoshli Krishito “Jenoa”da 2003-2004, 2006-2007, 2008-2011 va 2018 yildan beri harakat qilib kelayotgan edi. Umuman olganda, u klub uchun barcha musobaqalarda 274 ta o'yin o'tkazib, 30 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Shuningdek, Krishito “Yuventus” va “Zenit” klublarida ham faoliyat olib borgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202