Yovich kelasi hafta Italiyaga yo'l oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

"Fiorentina" "Real" hujumchisi Luka Yovichga qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning tvitterda yozishicha, ikki klub o'rtasida maoshlar bo'yicha kelishuv muhokama qilinmoqda.
24 yoshli serb yiliga 6 million evroga yaqin maosh oladi. Tomonlar futbolchining Italiya klubiga o'tishining yakuniy tafsilotlarini muhokama qilishmoqda.
Yovich kelasi hafta Florentsiyada tibbiy ko'rikdan o'tishi va shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Luka o'tgan mavsumda "Real" safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171